• eye Maxsus imkoniyatlar
Yangiliklar
4 avgust kuni Minsk shahrida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi ishtirokchi-davlatlari Saylov organlari rahbarlarining maslahat Kengashini tuzish bo‘yicha MDHga a’zo davlatlar ekspert guruhining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Joriy yil 23 iyul kuni mamlakatimizda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi kampaniyasiga start berildi. Shuningdek, 28 iyul kuni o‘tkazilgan matbuot anjumanida saylov logotipining taqdimoti o‘tkazildi.
29-iyul kuni Markaziy saylov komissiyasining videokonferens aloqa shaklida navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda Markaziy saylov komissiyasi a’zolari hamda OAV vakillari qatnashdi.
Davriylik tamoyiliga amal qilgan holda vaqti-vaqti bilan soxtalashtirilmagan, erkin va adolatli, ochiq va oshkora saylovlarning o‘tkazilishi bu – mamlakatda demokratik taraqqiyot yo‘li tanlaganligining yorqin ifodasidir.
2021 yil 23 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda yirik siyosiy jarayon O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga start berildi.
Joriy yil 14 iyul kuni Markaziy saylov komissiyasi O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, “Dunyo” axborot agentligi, Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assosiasiyasi, "Zo‘rTV" teleradiokompaniyasi, “Uzreport” axborot agentligi bilan oktyabr oyida bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovlarida OAVlar bilan hamkorlikni kuchaytirish hamda tayyorgarlik ishlarining olib borilishi va o‘tkazilishini yoritish bo‘yicha ikki tomonlama memorandumlar imzoladi.