• eye Maxsus imkoniyatlar
Yangiliklar
Joriy yilning 10 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash hamda xalqaro hamkorlikni yanada mustahkamlash bo‘yicha amalga oshirilgan tadbirlarning mantiqiy davomi sifatida “O‘zbekiston Respublikasida olib borilayotgan islohotlarni baholash” mavzusidagi II Xalqaro reytinglar forumi tashkil etildi.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi jamoasi nomidan Sizlarni muborak ayyom – O‘zbekiston Konstitusiyasi qabul qilinganligining 28 yillik bayrami bilan samimiy tabriklaymiz.
2021 yil 10 yanvar kuni proporsional saylov tizimi orqali siyosiy partiyalar taqdim etgan ro‘yxat bo‘yicha saylanuvchi Qozog‘iston Respublikasi Parlamenti Majlisi deputatlarining navbatdagi saylovlari bo‘lib o‘tadi. Qozog‘iston Xalq Assambleyasi tomonidan saylanadigan Parlament deputatlarining navbatdagi saylovlari 11 yanvar kuni o‘tkazish belgilangan.
Joriy yilning 6 dekabr kuni Ruminiyada parlament saylovlari bo‘lib o‘tdi. Ovoz berish uchun ro‘yxatga kiritilgan 18 million fuqaro 136 senator va 329 nafar deputatni sayladi.
COVID-19 bilan kasallangan har beshta bemordan bittasida ruhiy xastalik holatlari aniqlanmoqda
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Raisining farmoyishiga binoan Xalmuxammed Aitjanovich  Paluaniyazov O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Kotibiyati Saylov qonunchiligi va zamonaviy texnologiyalar bo‘yicha o‘quv markazi direktori o‘rinbosari etib tayinlandi.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Raisining farmoyishiga binoan Avazbek Azimovich Kodirov O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Kotibiyati Moddiy texnika ta’minoti bo‘limi boshlig‘i  etib tayinlandi.
2021 yil 10 yanvar kuni Qirg‘izistonda navbatdan tashqari prezident saylovlari bo‘lib o‘tadi. Saylov qonunchiligiga ko‘ra,  nomzodlar saylovoldi tashviqotini 15 dekabrdan boshlashlari mumkin bo‘ladi.
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ko‘lami keng, shiddati baland, natijadorligi yuksak demokratik o‘zgarishlarni ko‘rib, bularning barchasi xalqimiz manfaatlarini izchillik bilan ta’minlash, Vatanimizning xalqaro nufuzini yanada oshirish yo‘lida uzoqni ko‘zlab yuritilayotgan oqilona siyosatning hayotdagi samaralari ekaniga har qanday kishi amin bo‘ladi.