• eye Maxsus imkoniyatlar
Yangiliklar
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Raisining farmoyishiga binoan Ixtiyor Baxtiyorovich Xadjiyev Markaziy saylov komissiyasi Kotibiyati Yuridik ta’minlash va murojaatlarni ko‘rib chiqish bo‘limi boshlig‘i etib tayinlandi.  
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Raisining farmoyishiga binoan Shahnoza Yulchiboyevna Shokirova Markaziy saylov komissiyasi Kotibiyati Devonxona bo‘limi boshlig‘i etib tayinlandi. 
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Raisining farmoyishiga binoan Farhod Anvarovich Nasriddinov Markaziy saylov komissiyasi Kotibiyati Saylov qonunchiligi va zamonaviy texnologiyalar bo‘yicha o‘quv markazi direktori etib tayinlandi. 
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Raisining farmoyishiga binoan Jamolitdin Yavmitdinovich Faxrutdinov Markaziy saylov komissiyasi Kotibiyati tashkiliy-nazorat bo‘limining boshlig‘i etib tayinlandi.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Raisining farmoyishiga binoan Hasan Odilovich Abdurahmonov Markaziy saylov komissiyasi matbuot xizmatining rahbari etib tayinlandi. 
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Raisi M.Abdusalomov boshchiligidagi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda Markaziy saylov komissiyasining doimiy asosda ishlovchi a’zolari hamda mas’ul xodimlari ishtirok etdi. 
Bugun 29 noyabr kuni Andijon viloyatidagi Xalq deputatlari Xonobod shahar Kengashining 3-Askar hamda Xalq deputatlari Oltinko‘l tumani Kengashining 17-Markaz saylov okruglarida bo‘shab qolgan deputatlik o‘rinlariga saylovlar bo‘lib o‘tmoqda.
Shu kuning o‘zida Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashi 16-okrugi 114-saylov uchaskasida ham  bo‘shab qolgan deputatlik o‘rinlariga saylovlar bo‘lib o‘tmoqda.
O‘zbekistonda karantin qoidalariga qat’iy amal qilgan holda bo‘shab qolgan deputatlik o‘rinlariga saylovlar o‘tkazilmoqda.