• eye Maxsus imkoniyatlar
Yangiliklar
Xususan, “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatining va Senati a’zosining maqomi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 4-moddasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 16-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi 39-Qiziltepa saylov okrugidan saylangan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputati Boriy Batirovich Alixanov hamda 82-Sho‘rchi saylov okrugidan saylangan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputati Nariman Madjitovich Umarovlarning  bergan yozma arizasiga asosan ularning deputatlik vakolati muddatidan ilgari tugatilganligi yuzasidan qaror qabul qilindi. 
Joriy yilning 18 oktyabr kuni xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashining 3 ta okrugida, shahar va tumanlar Kengashlarining esa 8 ta okruglarida bo‘shab qolgan o‘rinlar uchun saylovlar bo‘lib o‘tmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonunining 6,24-moddasi, Saylov kodeksining 93-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2020 yil 26 avgustdagi 1033-sonli qaroriga xamda tuman va shahar Kengashlarining  qarorlariga asosan Xalq deputatlari Zarafshon shahri, Navbahor, Konimex va Tomdi tumanlari Kengashiga bo‘shab qolgan o‘rinlarga saylov jarayoni boshlandi.
Bugun Markaziy saylov komissiyasida MSKning doimiy a’zosi Gulnoza Rahimovaga "MDH BPMKga 25 yil" esdalik yubiley medalini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.
БМТ Бош ассамблеяси органи ҳисобланган Инсон ҳуқуқлари бўйича кенгашга 47 та дават аъзодир. Кенгаш аъзолари уч йиллик муддатга яширин овоз бериш йўли билан сайланади.
Joriy yilning 12 oktyabr kuni Tojikistonning Saylov va referendumlar bo‘yicha markaziy komissiyasi tomonidan xalqaro va mahalliy kuzatuvchilar hamda OAV vakillari uchun matbuot anjumani o‘tkazildi. Unda Komissiya raisi Baxtiyor Xudoyorzoda 11-oktabr kuni bo‘lib o‘tgan Prezidentlik saylovlarining dastlabki natijalarini e’lon qildi.
Bugun shuningdek, Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining bo‘shab qolgan deputatlik o‘rinlari uchun 4-Do‘stlik hamda 23-Yovqochar saylov okruglaridagi mavjud 650, 651 hamda 618-saylov uchastkalarida ovoz berish jarayonlari bo‘lib o‘tmoqda.
Bugun O‘zbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonunining 6, 24-moddasi, Saylov kodeksining 93-moddasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2020 yil 26 avgustdagi 1033-sonli qarori, Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashining tegishli qaroriga asosan Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashining bo‘shab qolgan o‘rinlariga 10-"Isfara guzar" va 19-"Saodat" saylov okruglarida deputatlar saylovi o‘tkazilmoqda.