• eye Maxsus imkoniyatlar
Yangiliklar
Mamlakatimiz elchixonasida Malayziyaning Sayberjaya shahrida tahsil olayotgan vatandoshlar bilan O‘zbekiston Prezidenti sayloviga ko‘rilayotgan tayyorgarlik jarayoniga bag‘ishlangan uchrashuv o‘tkazildi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.
Joriy yil 24-oktabr kuni mamlakatimizda bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ishlari doirasida O‘zbekistonning Janubiy Koreyadagi elchixonasi tomonidan 18-Kvanju saylov uchastkasida davra suhbati tashkil etildi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.
Mamlakatimiz Bosh konsulxonasi tomonidan Yekaterinburg shahridagi «ASM Mebel» shirkatida mehnat faoliyatini olib borayotgan vatandoshlarimiz ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.
O‘zbekiston Prezidenti saylovini Uzoq Sharq Federal okrugining Primorsk o‘lkasi (Rossiya) hududlarida o‘tkazishga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida mamlakatimizning Vladivostok shahridagi Bosh konsulxonasi xodimlari ushbu shaharda joylashgan Uzoq Sharq federal universitetida tahsil olayotgan o‘zbekistonlik talabalar va universitet rahbariyati bilan uchrashuvlar o‘tkazdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Mamlakatimizning Birlashgan Arab Amirliklaridagi (BAA) elchixonasida ushbu mamlakatda istiqomat qilayotgan vatandoshlarimiz ishtirokida O‘zbekiston Prezidenti sayloviga bag‘ishlangan uchrashuv o‘tkazildi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.
Avval xabar berilganidek, 29-sentabr kuni mamlakatimizga Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi saylovlarni kuzatish missiyasi tashrif buyurgan edi.
2021-yil 5-oktabr kuni Markaziy saylov komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Majlisni Komissiya Raisi Z.Nizamxodjayev olib bordi.
Avval xabar berilganidek, joriy yilning 24-oktabrida mamlakatimizda muhim siyosiy tadbir - O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi munosabati bilan Markaziy saylov komissiyasi taklifiga binoan, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi saylovlarni kuzatish missiyasi tashrif buyurdi.
Bugun 2-oktabr kuni Gruziyada mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organlariga saylovlar bo‘lib o‘tmoqda.
2021-yil 30-sentabr kuni Markaziy saylov komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Majlisni Komissiya Raisi Z.Nizamxodjayev olib bordi.