• eye Maxsus imkoniyatlar
Yangiliklar
AZIZ Vatandoshlar! Bugun - Ramazon oyining so‘ngi kuni. Bilamizki, mehr-muruvvat oyi - Ramazonda dillar yanada yumshab, ko‘ngillardan g‘uborlar ketadi.
Qozog'iston Respublikasi prezidenti Q.Toqayev respublika Konstitutsiyasiga o'zgartirish kiritish bo'yicha referendum o'tkazilishini e'lon qildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Raisining Farmoyishiga asosan Murodilla Muhammadaminovich Alimbayev Markaziy saylov komissiyasi Raisining axborot siyosati masalalari boʻyicha maslahatchisi — matbuot kotibi lavozimiga tayinlandi.
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi (MSK) shuni maʼlum qiladiki, 2022-yil 22-aprel kuni Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining (YXHT) Demokratik institutlar va inson huquqlari boʻyicha byurosi (DIIHB) oʻzining rasmiy saytida 2021-yil 24-oktyabr kuni boʻlib oʻtgan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida DIIHB Saylovlarni kuzatish boʻyicha missiyasining Yakuniy hisobotini eʼlon qildi.
Fuqarolar yig’ini raisi (oqsoqoli) saylovini o’tkazish “Fuqarolar yig’ini raisi (oqsoqoli) saylovi to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi qonuniga ko’ra tartibga solinadi.
Fransiya Ichki ishlar vazirligi prezidentlik saylovining ikkinchi bosqich dastlabki natijalarini e'lon qildi. Bu yilgi saylov beshinchi respublika tarixida saylovchilar ishtiroki bo'yicha eng past natijalardan birini ko'rsatdi. Saylovchilar ishtiroki 71,99 foizni tashkil etmoqda.
2022-yil 20-aprel kuni Xalqaro parlament tadqiqotlari markazi tashabbusi bilan «Ijtimoiy tarmoqlarning saylovlardagi o‘rni: 2030-yilda bu qanday o‘zgaradi?» mavzusida virtual davra suhbati tashkil etildi.
Fransiya Prezident saylovining birinchi raundi bo'lib o'tdi. Fransiyada navbatdagi prezident saylovi 10-aprel kuni bo'ldi. Ikkinchi raund zarurat tug’ilganda 24-aprel kuni o’tkaziladi.
Bugun O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi.