Yangiliklar
21.02.2022
21-fevral kuni Toshkentda “Teng huquqlilik: imkoniyati cheklangan shaxslarning saylov jarayonlarida ishtiroki”mavzusida oʻquv mashgʻuloti oʻz ishini boshladi. Unda Markaziy saylov komissiyasi, imkoniyati cheklangan shaxslar tashkilotlari vakillari, olimlar/nazariyotchilar, shuningdek ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
19.02.2022
2022-yil 18-fevral kuni Surxondaryo viloyati hokimligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini har tomonlama sifatli va tashkiliy jihatdan yuqori saviyada o‘tkazishda o'z hissasini qo'shgan okrug saylov komissiyasi a’zolarining ishtiroki alohida e’tirof etildi.
31.01.2022
10-Toshkent viloyati okrug saylov komissiyasida samarali faoliyat ko‘rsatgan bir guruh fidoyi insonlar mehnati e’tirof etildi.
28.01.2022
Jamiyatning demokratiya yo‘lidan jadal rivojlanishi va bu borada amalga oshirilayotgan islohotlarning muvaffaqiyati ko‘p jihatdan fuqarolarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyati darajasiga bog‘liq. Mamlakatimizda barcha sohalarda olib borilayotgan islohotlarning mohiyatini anglash, ushbu jarayonda ishtirok etish fuqarolarning huquqiy madaniyati yuqori bo‘lishini taqozo etadi.
24.01.2022
O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 27-moddasiga muvofiq saylov kampaniyasi davrida har bir saylov uchastkasida Saylovchilarning ro‘yxatlari saylovdan 15 kun oldin hamma tanishib chiqishi uchun uchastka saylov komissiyalari tomonidan o‘z binolariga osib qo‘yiladi. Mazkur ro‘yxatda fuqarolaraning familiyasi, ismi, otasining ismi, shu bilan birga uning tug‘ilgan sanasi va yashash manzili ham ko‘rsatilishi belgilab qo‘yilgan.
20.01.2022
Ma’lumki, Markaziy saylov komissiyasi 2021-yil 29-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2022 yil birinchi yarim yillikka mo‘ljallangan ish rejasini tasdiqladi. Ayni kunlarda ish rejada belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash bo‘yicha mas’ullar bilan hamkorlikda ish olib borilmoqda.
18.01.2022
Markaziy saylov komissiyasi raisi Z.Nizomxodjayev boshchiligida Kotibiyat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda MSK rahbariyati va a’zolari, Kotibiyat bo‘lim boshliqlari, mas’ul xodimlar ishtirok etdi.