Yangiliklar
20.12.2021
Ma’lumki, jamiyatning siyosiy hayoti ancha murakkab hodisa bo‘lib, unda saylov madaniyati eng muhim tarkibiy qismlardan biri hisoblanadi. Ob'ektiv nuqtai nazardan qaraganda, saylov madaniyatining o'zagini saylov qonunchiligini ta'minlash va amalga oshirishni nazarda tutuvchi saylov jarayoni tashkil etadi. O'z navbatida, sub'ektiv mulohazalar nuqtai nazaridan, saylov madaniyati sub'ektning, birinchi navbatda, saylov jarayonida o'z ishtiroki zarurligini tushunishi vazifasini bajaradi.
15.12.2021
Mustaqil davlatlar hamdo‘stligiga a’zo davlatlarning saylov organlari rahbarlarining Maslahat kengashini shakllantirish bo‘yicha ekspert guruhining navbatdagi yig‘ilishi videokonferens aloqa orqali bo‘lib o‘tdi.
07.12.2021
Joriy yilning 24-oktabr kuni mamalakatimiz hayotidagi muhim siyosiy voqea - O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi bo‘lib o‘tdi. Muqobillik asosida va qizg‘in raqobat muhitida o‘tgan saylovda Shavkat Mirziyoyev saylovchilarning eng ko‘p – 80,12 foiz ovozini olib, ishonchli g‘alaba qozondi.
07.12.2021
Saylov kampaniyasida Markaziy saylov komissiyasi va siyosiy partiya o‘rtasida muloqot olib borish, talab etilgan hujjatlarni taqdim qilishni tashkiliy ravishda tartibga solish uchun vakolatli vakil faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.
06.12.2021
Joriy yilning 4-6 dekabr kunlari Sirdaryo va Navoiy viloyatlarida ham hududiy trenerlarni rag‘batlantirish tadbirlari bo‘lib o‘tdi.
06.12.2021
Markaziy saylov komissiyasi tomonidan joriy yil 27 aprelda tasdiqlangan “Saylov komissiyalari a’zolari malakasini oshirishni tashkil etish konsepsiyasi” shu yil 24 oktyabrda bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovlarini milliy saylov qonunchiligi va xalqaro tendensiyalar asosida o‘tkazilishiga xizmat qildi.
06.12.2021
O‘zbekiston Respublikasi Saylov Kodeksining 14-bobida Senatni shakllantirish tartibi belgilangan bo‘lib, unga ko‘ra Senat a’zolarini saylash bilan bog‘liq jarayonlarni amalga oshirish qoidalari aks ettirilgan.
02.12.2021
Demokratiya va zamonaviy saylovlar vatani hisoblangan, qadimiy Yunoniston va Rimda saylovlar qay tarzda o‘tkazilgan? Xalqning xohish istagi inobatga olinganmi yoxud barchasi yuqori amaldorlar qo‘lida bo‘lganmi? Ushbu savollarga javob berishga harakat qilamiz.