• eye Maxsus imkoniyatlar
Yangiliklar
Avval xabar berganimizdek, Davlat boshqaruvi akademiyasida Markaziy saylov komissiyasi tomonidan tasdiqlangan Saylov komissiyalari a'zolari malakasini oshirishni tashkil etish konsepsiyasi asosida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o'tkazuvchi okrug saylov komissiyalari a'zolari uchun ikki kunlik o'quv seminari bo'lib o'tdi.
18-avgust kuni Davlat boshqaruvi akademiyasida Markaziy saylov komissiyasi tomonidan tasdiqlangan Saylov komissiyalari a'zolari malakasini oshirishni tashkil etish konsepsiyasi asosida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o'tkazuvchi okrug saylov komissiyalari a'zolari uchun ikki kunlik o'quv seminari boshlandi.
2021-yilning 24-oktabr sanasida mamlakatimizda bo'lib o'tadigan muhim siyosiy jarayon — O'zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovining shaffof o'tishi va bu jarayonlarni OAVda sifatli va tezkor yoritishda jurnalistlarning o'rni beqiyos.
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi kampaniyasi davrida saylovni yorituvchi ommaviy axborot vositalari vakillari – Markaziy saylov komissiyasi tomonidan akkreditatsiyadan o'tkaziladi.
2021-yil 14-avgust kuni Markaziy saylov komissiyasining navbatdagi yig'ilishi bo'lib o'tdi. Yig'ilishni Komissiya Raisi Z.Nizamxodjayev olib bordi.
Joriy yilning 10 avgust kuni Markaziy saylov komissiyasiga Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati-O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi, O‘zbekiston "Milliy tiklanish" demokratik partiyasi va O‘zbekiston “Adolat” sosial-demokratik partiyasining vakolatli vakillari partiyaning saylovda ishtirok etishiga ijozat surab berilgan arizalarni taqdim etdi.
Joriy yilning 9 avgust kuni Markaziy saylov komissiyasiga O‘zbekiston Ekologik partiyasi, O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasining vakolatli vakillari partiyaning saylovda ishtirok etishiga ijozat surab berilgan arizalarni taqdim etdi.
2021-yil 9-avgust kuni Markaziy saylov komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishni Komissiya Raisi Z.Nizamxodjayev olib bordi.