• eye Maxsus imkoniyatlar
Yangiliklar
Ma’lumki saylovlarda zamonaviy axborot kommunikasiya texnologiyalarini qo‘llash  saylovchilar uchun qo‘shimcha qulayliklar yaratish bilan birgalikda, saylov komissiyalari ishini ham osonlashtiradi. Bu borada Saylovchilarning yagona elektron ro‘yxati (SYAER) va Saylov jarayonini boshqarish axborot tizimini (SJBAT) yanada takomillashtirish  orqali fuqarolarning doimiy va vaqtinchalik yashash joylari, hududlar, ko‘chalar, uylar va xonadonlarning nomlari hamda raqamlarini elektron shaklda aniq-ravshan belgilanishini taqozo etadi.
Bugun 22-noyabr kuni Toshkent viloyatining Ohangaron shahrida mahalliy Kengashning bo‘shab qolgan o‘riniga deputatlar saylovi bo‘lib o‘tmoqda. 
To‘g‘ri, ilmiy asoslangan ovqatlanish mustahkam sog‘liq, yuqori ishchanlik va uzoq umr ko‘rishning asosiy shartlaridan biri hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasida  “Davlat tili haqida”gi qonun talablariga rioya etilishini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan o‘tkazilgan monitoring  natijalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Joriy yilning 28 oktyabrdan 7 noyabrga qadar Bihar shtatining Qonunchilik Majlisi uchun 3 bosqichli umumiy saylovlar bo‘lib o‘tdi.
Shu yil 11 noyabr kuni Parlament tadqiqotlar xalqaro markazi tomonidan “Onlayn ovoz berish: tajriba va kelajak” mavzusida vebinar o‘tkazildi.
Avval xabar berganimizdek joriy yilning 1 noyabr kuni Moldovada prezidentlik saylovlari bo‘lib o‘tdi. Mamlakat prezidenti lavozimi uchun sakkiz nafar nomzod “Bizning partiyamiz”siyosiy partiyasidan Renato Usaty, “DA Platformasi” partiyasidan Andrey Nestase, Liberal-demokratik partiyasidan Tudor Deliu, Mustaqil nomzod (amaldagi prezident) Igor Dodon, “Shor” partiyasidan Violetta Ivanova, “Harakat va birdamlik” partiyasi (PAS)dan Mayya Sandu, “Milliy birlik” partiyasidan Oktavian Sku va  “UNIREA” saylov blokidan Dorin Kirtoakelar kurash olib bordilar.
Davlat idoralarida faoliyat ko‘rsatayotgan shaxslarni ishdan tashqari vaqtda  xavaskor futbol o‘yinlariga jalb etish albatta har bir xodimni quvontiradi. Markaziy saylov komissiyasi tomonidan xafta davomida o‘tkazilayotgan bunday uchrashuvlar  o‘z navbatida xodimlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish,  turli kasb kasalliklaridan  muxofaza qilish va sportning jismoniy tarbiya hamda ommaviy turlariga qiziqishini  kuchaytirishga zamin yaratadi.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2020 yil 26 avgustdagi 1033-sonli qarori talablaridan kelib chiqib, xalq deputatlari Qashqadaryo viloyati Kengashining 2020 yil 27 oktyabrdagi 70-15/16-sonli qaroriga asosan 2020 yil 29 noyabr kuni 20-Dasht saylov okrugida hamda xalq deputatlari  Qarshi shahri, Dehqonobod, Qamashi va Mirishkor tumanlari Kengashlarining qarorlariga asosan 2020 yil  15 noyabr kuni 28-Dilkusho, 28-Oqqishloq, 9-Gulshan va 14-Ayzobod okruglarida bo‘shab qolgan deputatlik o‘rinlarga saylovlarni o‘tkazish belgilandi.