• eye Maxsus imkoniyatlar
Yangiliklar
Xalq deputatlari Pop tumani Kengashidagi bo‘shab qolgan deputatlik o‘rinlari uchun saylovlar bo‘lib o‘tmoqda
Xalq deputatlari Kosonsoy tumani Kengashidagi bo‘shab qolgan deputatlik o‘rinlari uchun saylovlar bo‘lib o‘tmoqda
Birlashgan Millatlar Tashkiloti yer yuzida tinchlik va xavfsizlikni ta’minlash, davlatlararo hamkorlikni rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan eng nufuzli xalqaro tuzilmadir. BMT a’zosi bo‘lgan har bir davlat xalqaro munosabatlarning asosiy tamoyillari aks etgan, xalqaro shartnomalardan iborat BMT Nizomidagi majburiyatlarga rioya qiladi.
31 oktyabr kuni Gruziyada parlament saylovlari bo‘lib o‘tadi. Ularda 48 ta partiya va ikkita blok ishtirok etadi. Saylovlarda Gruziya fuqarolari 150 nafar deputatni saylaydi.  Gruziyada birinchi marta saylovlar yangi aralash tizim bo‘yicha bo‘lib o‘tadi - 120 ta deputat proporsional, 30 nafari esa majoritar tizimiga ko‘ra saylanadi. Saylovoldi kampaniyasi joriy yilning 1 sentyabr kuni rasman boshlandi, saylovda qatnashish uchun 66 sub’yekt ro‘yxatdan o‘tkazildi
Qozog‘iston Prezidenti Kasыm-Jomart Tokayev respublika parlamentining quyi palatasi - Majlisga navbatdagi saylovlarni 2021 yil 10 yanvarda o‘tkazish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.
Shavkat Mirziyoyev «Mamlakatimizda o‘zbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmonni imzoladi.
2020 yilning 1 noyabr kuni Moldovada prezidentlik saylovlari bo‘lib o‘tadi. Mazkur saylovlar mamlakatda butun mustaqillik tarixidagi to‘rtinchi to‘g‘ridan-to‘g‘ri prezidentlik saylovlari bo‘ladi. Davlat rahbari mutlaq ko‘pchilikning ikki bosqichli timizi asosida saylanadi. Agar birinchi bosqichda biron bir nomzod 50 foizdan ortiq ovozni ololmasa, ikkinchi bosqich o‘tkaziladi. Bu yilgi prezidentlik saylovlarida ikkinchi bosqich tashkil etilsa u 15 noyabrda bo‘lib o‘tadi.
2020 yil COVID-19 Pandemiyasi butun dunyoda barcha sohalarga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Xususan, saylov jarayonlari bilan bog‘liq munosabatlar ham bundan mustasno emas. Biroq, so‘nggi bir necha oy davomida, pandemiya sharoitiga qaramay saylov va referendumlarda ovoz berish jarayonlari ko‘plab mamlakatlarda bo‘lib o‘tdi. Shu jumladan O‘zbekistonda ham karantin qoidalariga qat’iy amal qilgan holda bo‘shab qolgan deputatlik o‘rinlariga saylovlar o‘tkazilmoqda.