• eye Maxsus imkoniyatlar
Yangiliklar
“O‘zbekiston Respublikasining Saylov kodeksini tasdiqlash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuniga muvofiq, “binolarga, inshootlarga va boshqa joylarga ilgari joylashtirilgan saylovoldi tashviqoti materiallari saylovga bir kun qolganida mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan olib qo‘yilishi”ga oid majburiy talabni nazarda tutuvchi “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to‘g‘risida” va “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashlariga saylov to‘g‘risida”gi qonunlar o‘z kuchini yo‘qotgan deb topildi.
MDH Ijroiya qo‘mitasi kuzatuvchilari missiyasi rahbari, MDH Ijroiya qo‘mitasi raisi — Ijrochi kotibi Sergey Lebedev Markaziy saylov komissiyasi raisi M.Abdusalomov bilan uchrashuvdan so‘ng jurnalistlarga intervyu berdi.
Joriy yilning 20 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda Komissiya a’zolari hamda OAV vakillari ishtirok etdilar.
20 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Markziy saylov komissiyasida Qirg‘iziston Respublikasi Saylovlar va referendumlarni o‘tkazish bo‘yicha markaziy komissiyasi raisi Nurjan Shayldabekova bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Ijroiya qo‘mitasi raisi— ijrochi kotibi Sergey Lebedev joriy yil 22 dekabr kuni bo‘lib o‘tadigan saylovlarni kuzatish maqsadida O‘zbekistonga keldi. U MDH Ijroiya qo‘mitasi kuzatuvchilari missiyasiga rahbarlik qilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi, Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashlari deputatligiga nomzodlarning saylovoldi tashviqotini olib borish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 12-bandiga muvofiq binolarga, inshootlarga va boshqa joylarga ilgari (saylov kunidan ikki kun oldin) joylashtirilgan saylovoldi tashviqoti materiallarini saylov kuni va ovoz berishdan bir kun qolganida olib qo‘yilishi majburiy hisoblanmaydi.
Siyosiy partiyalar va deputatlikka nomzodlar tomonidan 22 dekabrda bo‘lib o‘tadigan saylovlarda faol ishtirok etish uchun qizg‘in saylovoldi tashviqoti o‘tkazildi.
Parlament saylovlarida xalqaro kuzatuvchi sifatida ishtirok etish uchun mamlakatimizga kelgan Qirg‘iziston Respublikasi Saylovlar va referendumlarni o‘tkazish bo‘yicha markaziy komissiyasi raisi Nurjan SHAYLDABEKOVA O‘zA muxbiriga intervyu berdi:
O‘zbekistondagi parlament saylovlarida xalqaro kuzatuvchi sifatida ishtirok etish uchun mamlakatimizga kelgan Rossiya Federasiyasi Federal Majlisi Federasiya Kengashi Raisining o‘rinbosari Ilyas UMAXANOV O‘zA muxbiriga intervyu berdi: