• eye Maxsus imkoniyatlar
Yangiliklar
24-avgust kuni Angolada prezidentlik hamda parlament saylovlari bo'lib o'tdi.
Bugun Hindiston Saylov komissiyasi tomonidan virtual platformada “Saylovlarda inklyuzivlik, qulaylik va ishtirokni taʼminlash” mavzusida Osiyo mintaqaviy forumi tashkil etildi. Ikki sessiyada davom etgan forumda saylovlarni boshqarish organlari vakillari hamda yetakchi xalqaro ekspertlar ishtirok etdi.
Bugun Oliy Majlis Senatida Qashqadaryo viloyatidan bo'shab qolgan o'rin uchun saylov bo'lib o'tdi.
Avval xabar berganimizdek, «O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyaviy qonuni loyihasi bo‘yicha respublika referendumi o‘tkazilishi munosabati bilan shu kunlarda YXHT/DIIHB Ehtiyojlarni baholash missiyasi delegasiyasi mamlakatimizga tashrif buyurdi.
19-22-iyul kunlari “O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyaviy qonuni loyihasi bo‘yicha bo‘lajak Respublika referendumi munosabati bilan YXHT DIIHB Ehtiyojlarni baholash missiyasi ekspertlarining tashrifi kutilmoqda.
Joriy yilning 15-16-iyul kunlari Markaziy saylov komissiyasi Kotibiyati rahbari X.Mamatov Samarqand viloyatining Narpay, Ishtixon, Qattaqo‘rg‘on, Oqdaryo, Payariq, Urgut tumanlarida, shuningdek, Qashqadaryo viloyatining Kitob, Shaxrisabz, Yakkabog‘ tumanlari va Qarshi shahrida bo‘lib, referendum o‘tkazuvchi komissiya a’zoligiga nomzodlarning malakasini oshirishga doir o‘quv jarayonlari bilan yaqindan tanishdi.
Markaziy saylov komissiyasi Raisi Zayniddin Nizomxodjayev hamda Komissiya vakillari 15-iyul kuni Sirdaryo va Jizzax viloyatlarida bo‘lib, Referendum o‘tkazuvchi komissiya a’zolarining malakasini oshirishni tashkil etish konsepsiyasi asosida olib borilayotgan o‘quv treninglar bilan tanishdi.
Kuni kecha, Markaziy saylov komissiyasi Raisi oʻrinbosari B.Kuchkarov, MSK aʼzosi G.Raximova hamda Kotibiyat xodimlari Parlament tadqiqotlari xalqaro markazi (ICPS, Buyuk Britaniya) tomonidan tashkil etilgan Adolatli saylovlar kelajagi: 2030-yillardagi saylovlarni jamoatchilik qanday qabul qiladi? mavzusiga bagʻishlangan vebinarda ishtirok etdi.
Joriy yil 13-iyul kuni Markaziy saylov komissiyasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi.
13-iyul soat 11:00 da Markaziy saylov komissiyasining navbatdagi majlisi boʻlib oʻtadi.