Yangiliklar
11.10.2020
Joriy yilning 11 oktyabr kuni Farg‘ona viloyatida Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlarida bo‘shab qolgan o‘rinlar uchun saylovlar o‘tkazilmoqda.
11.10.2020
Joriy yilning 11 oktyabr kuni Andijon viloyatida bo‘shab qolgan deputatlik o‘rinlariga saylovlar boshlandi.
10.10.2020
Avval xabar berganimizdek, 2020 yil 11 oktyabrda Tojikistonda prezidentlik saylovlari bo‘lib o‘tadi. Saylovlarda 150 dan ziyoz xalqaro kuzatuvchi ishtirok etishi kutilmoqda.
09.10.2020
Markaziy saylov komissiyasining “Qoraqalpog‘iston Respublikasida bo‘shab qolgan o‘rinlarga O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati a’zosi saylovini o‘tkazish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq 2020 yil 9 oktyabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi davlat hokimiyati vakillik organlari deputatlarining bo‘shab qolgan o‘rinlariga O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati a’zosi saylovi bo‘yicha qo‘shma majlisi bo‘lib o‘tdi.
09.10.2020
Қардош Қирғизистонда содир бўлаётган воқеалар бизни жиддий ташвишга солмоқда.
08.10.2020
Joriy yilning 11 oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2020 yil 26 avgustdagi 1033-sonli qaroriga asosan Andijon viloyatida ham Xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining bo‘shab qolgan deputatlik o‘rinlariga saylovlar bo‘lib o‘tadi. Shu munosabat bilan mazkur saylovlarga tayyorgarlik ko‘rish va uni yuqori saviyada o‘tkazish maqsadida viloyatda kizg‘in tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.
08.10.2020
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2020 yil 26 avgustdagi 1033-sonli qaroridan kelib chiqqan holda Xalq deputatlari mahalliy Kengashlarning bo‘shab qolgan deputatlik o‘rinlariga bo‘lib o‘tadigan saylovlarga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishga bag‘ishlangan onlayn seminar o‘tkazildi.
08.10.2020
2020 yil 11 oktyabrda Tojikistonda prezidentlik saylovlari bo‘lib o‘tadi. Tojikiston saylov qonunchiligiga ko‘ra, Prezident yashirin ovoz berish yo‘li bilan 7 yilga saylanadi. Saylovchilar ro‘yxatiga kiritilganlarning 50 foizdan ortig‘i ovoz berish jarayonlarida ishtirok etsa, saylov natijalari haqiqiy deb topiladi.
05.10.2020
2020 yil 3 oktyabr kuni Qirg‘iziston Respublikasi Saylov va referendumlarni o‘tkazish bo‘yicha markaziy komissiyasining raisi N. Shayldabekova O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining raisi M. Abdusalomov shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining Qirg‘izistondagi Favqulodda va muxtor elchisi X.Mirzaxidov bilan uchrashdi.
04.10.2020
Besh yilda bir tashkil etiladigan siyosiy jarayonda 120 deputatlik o‘rniga bu gal 16 ta partiya kurashmoqda. Saylovda MDH mamlakatlari missiyasi tarkibida Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlaridan 28 nafar kuzatuvchi ishtirok etdi. Shu jumladan, Andijon viloyatidan 8 nafar kuzatuvchi O‘sh viloyatidagi saylov uchastkalarida bo‘lishdi.