• eye Maxsus imkoniyatlar
Yangiliklar
Mamlakatimizning barcha hududlarida bo‘lgani kabi Qoraqalpog‘iston Respublikasida ham joriy yilning 24 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik jarayonlari qizg‘in olib borilmoqda. Ayni kunlarda Markaziy saylov komissiyasi a’zolari tomonidan okrug va uchastka saylov komissiyalarining siyosiy jarayonga tayyorgarlik ishlari o‘rganilmoqda.
Yevropada Xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YXHT)ning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini kuzatish bo‘yicha missiyasining uzoq muddatli kuzatuvchilari Adnan Xabul va Benedikt Konteman xonim 8-Sirdaryo okrug saylov komissiyasi faoliyati bilan tanishdi.
Yevropada Xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YeXHT) Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi (DIIHB)ning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini kuzatish bo‘yicha missiyasining uzoq muddatli kuzatuvchilari Raushan Bolotaliyeva va Tomas Xolser 4- Jizzax okrug saylov komissiyasi faoliyati bilan tanishdilar.
YXHTning Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi (DIIHB) vakillari Xelen Kornblyum va Pol Sveyne Nurafshon shahridagi 10-Toshkent viloyati okrug saylov komissiyasi binosida bo‘lib, hududda amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.
YXHTning Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosining uzoq muddatli kuzatuvchilari Mark Voller hamda Kerstin Myullerlar 14-Toshkent shahar okrug saylov komissiyasi binosida bo‘lib, hududda amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.
Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti Demokratik institutlar va inson huquqlari byurosining uzoq muddatli kuzatuvchilari – Pavlina Oxman va Tomas Andreas Xag saylovga tayyorgarlikning borishi OAVda qanday yoritilayotganini o‘rganish maqsadida Qashqadaryo viloyat teleradiokompaniyasida bo‘lishdi.
Joriy yil 25 sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazuvchi 3-Buxoro saylov okrugida Yevropada Xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YXHT) Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi (DIIHB)ning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Saylovni kuzatish missiyasi (SKM) uzoq muddatli kuzatuvchilari Hayk Baddenhauzen va Martin Oknext bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Joriy yilning 24-oktabr kuni bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga barcha hududlarda puxta tayyorgarlik ko‘rilmoqda. Ayni kunlarda bir necha nufuzli xalqaro tashkilotlar vakillarining uzoq muddatli kuzatuvchilari yurtimizga tashrif buyurib, ushbu siyosiy jarayonlarga tayyorgarlik ishlari bilan tanishmoqdalar.
Saylov – 2021 Yevropa xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining uzoq muddatli kuzatuvchisi Linden Yoxanna hamda qisqa muddatli kuzatuvchisi Ramaska Rikardas O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazuvchi 9- Surxondaryo okrug saylov komissiyasi faoliyati bilan tanishdi. Mamlakatimiz hayotidagi muhim siyosiy jarayonga ko‘rilayotgan tayyorgarlik ishlari bilan qiziqdi.