• eye Maxsus imkoniyatlar
Yangiliklar
Joriy yilning 12 noyabr kuni Markaziy saylov komissiyasi BMTning Taraqqiyot dasturi bilan hamkorlikda O‘zbekistonda 2019 yil bo‘lib o‘tgan parlament saylovlari natijalarini onlayn muhokama qilish hamda milliy saylov qonunchiligi va amaliyotini takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlarni belgilashga qaratilgan tadbir o‘tkazildi.
Siyosiy partiyalarning faoliyati O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi, “Siyosiy partiyalar to‘g‘risida”gi, “Siyosiy partiyalarni moliyalashtirish to‘g‘risida”gi qonunlar, shuningdek bir qator qonunosti hujjatlari bilan tartibga solinadi.
Saylov byulletenining shakli, o‘lchamlari va matnida aks ettiriladigan ma’lumotlarning hajmi va tartibi O‘zR MSK qarori bilan belgilandi. Byudjet mablag‘larini tejash maqsadida saylov byulletenlarini chop etishda ilk bor suv belgisi mavjud qog‘ozlardan foydalanishdan voz kechildi.
2019 yilgi saylovlarda OAVda, Internet sahifalarida va ijtimoiy tarmoqlarda siyosiy partiyalar va ularning nomzodlariga oid jami 141 952 ta tashviqot materiallari e’lon qilindi.
2019 yilnin dekabr oyida bo‘lib o‘tgan parlament saylovlarida saylovchilar ro‘yxatiga jami 630 mingdan ziyod nogironligi bo‘lgan shaxs, shu jumladan, 61 mingga yaqini ko‘zi ojiz fuqaro kiritildi. Shu nuqtai nazardan, nogironligi bo‘lgan shaxslarning saylovda qatnashish huquqini ro‘yobga chiqaradigan inklyuziv saylovlarni o‘tkazish masalasi dolzarb vazifaga aylandi.
Siyosiy partiyalar tomonidan deputatlikka nomzodlar ko‘rsatishda ayollarning soni nomzodlar umumiy sonining kamida 30 foizini tashkil etishi kerak.
Avval xabar berganimizdek, Markaziy saylov komissiyasi tomonidan “Saylov – 2019: yutuqlar, muammolar, takliflar”  nomli risola ishlab chiqildi. Mazkur risola joriy yilning 28 oktyabr  kuni Markaziy saylov komissiyasining onlayn tarzida bo‘lib o‘tgan majlisida ko‘rib chiqildi hamda nashrga berildi.
Bugun 2020 yilning 3 noyabr kuni AQSHda prezidentlik saylovlari bo‘lib o‘tmoqda. “Oq uy” uchun asosiy kurashlar ikki yirik siyosiy partiyalarning vakillari – respublikachilar partiyasidan bo‘lgan amaldagi prezident Donald Tramp hamda demokratlar partiyasi nomzodi Jo Bayden o‘rtasida bo‘lmoqda.
2020 yilning 31 oktyabr kuni Gruziyaning yangi parlamentiga saylovlar bo‘lib o‘tdi. Gruziyada birinchi marta saylovlar yangi aralash tizim asosida o‘tkazildi, unga ko‘ra 120 ta deputat proporsional, 30 nafari esa majoritar tizimga ko‘ra saylanadi.  Saylovlarda 48 ta partiya va ikkita blok ishtirok etdi, bundan tashqari bir mandatli saylov okruglarida 11 ta tashabbuskor guruh tomonidan nomzodlar ko‘rsatilgan.