• eye Maxsus imkoniyatlar
Yangiliklar
Samarqandda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi kampaniyasi borishi bilan tanishayotgan YeXHTning Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosining xalqaro kuzatuvchilari Alessandro Bartolini hamda Lela Taliuri bugun viloyat matbuot uyida “Zarafshon”, “Samarkandskiy vestnik” va “Ovozi Samarqand” gazetalar tahririyati mas’ullari bilan uchrashdi.
Joriy yilning 28-sentabr kuni YXHTning DIIHB vakillari Ineke Appel Katarina (Niderlandiya) va Yaana Karxilo (Finlandiya) 6-Namangan okrug saylov komissiyasida bo‘ldilar. Okrug saylov komissiyasi raisi Sobitxon Turg‘unov mehmonlarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi kampaniyasi jarayonlari, okrug saylov komissiyasi vakolatlari va olib borilayotgan ishlari haqida ma’lumot berdi.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi taklifiga binoan, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligining (MDH) Ijroiya qo‘mitasi raisi birinchi o‘rinbosari Leonid Anfimov boshchiligida MDH saylovlarni kuzatish missiyasining uzoq muddatli kuzatuvchilari mamlakatimizga tashrif buyurdi.
Mamlakatimizning barcha hududlarida bo‘lgani kabi Qoraqalpog‘iston Respublikasida ham joriy yilning 24 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik jarayonlari qizg‘in olib borilmoqda. Ayni kunlarda Markaziy saylov komissiyasi a’zolari tomonidan okrug va uchastka saylov komissiyalarining siyosiy jarayonga tayyorgarlik ishlari o‘rganilmoqda.
Yevropada Xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YXHT)ning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini kuzatish bo‘yicha missiyasining uzoq muddatli kuzatuvchilari Adnan Xabul va Benedikt Konteman xonim 8-Sirdaryo okrug saylov komissiyasi faoliyati bilan tanishdi.
Yevropada Xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YeXHT) Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi (DIIHB)ning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini kuzatish bo‘yicha missiyasining uzoq muddatli kuzatuvchilari Raushan Bolotaliyeva va Tomas Xolser 4- Jizzax okrug saylov komissiyasi faoliyati bilan tanishdilar.
YXHTning Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi (DIIHB) vakillari Xelen Kornblyum va Pol Sveyne Nurafshon shahridagi 10-Toshkent viloyati okrug saylov komissiyasi binosida bo‘lib, hududda amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.
YXHTning Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosining uzoq muddatli kuzatuvchilari Mark Voller hamda Kerstin Myullerlar 14-Toshkent shahar okrug saylov komissiyasi binosida bo‘lib, hududda amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.
Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti Demokratik institutlar va inson huquqlari byurosining uzoq muddatli kuzatuvchilari – Pavlina Oxman va Tomas Andreas Xag saylovga tayyorgarlikning borishi OAVda qanday yoritilayotganini o‘rganish maqsadida Qashqadaryo viloyat teleradiokompaniyasida bo‘lishdi.
Joriy yil 25 sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazuvchi 3-Buxoro saylov okrugida Yevropada Xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YXHT) Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi (DIIHB)ning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Saylovni kuzatish missiyasi (SKM) uzoq muddatli kuzatuvchilari Hayk Baddenhauzen va Martin Oknext bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.