• eye Maxsus imkoniyatlar
Yangiliklar
Xalq deputatlari Yashnobod tuman Kengashi deputatlik saylovini o‘tkazuvchi 52-“Jarqo‘rg‘on” saylov okrugining 522-saylov uchastkasi deb taxmin qilingan videolavha ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamaga sabab bo‘lmoqda.
Joriy yilning 12 iyuldan 8 avgustgacha Markaziy saylov komissiyasi tomonidan tasdiqlangan Saylov komissiyalari a’zolari malakasini oshirishni tashkil etish Konsepsiyasi asosida bo‘lib o‘tadigan seminar-treninglarning 2-bosqichiga start berildi. Ushbu bosqichdagi o‘quvlarga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida 5-6 iyul kunlari DBA va TDYU ekspertlari tomonidan keyslar asosida dars mashg‘ulotlarni tashkil etish texnologiyalari bo‘yicha seminar-treninglar o‘tkazilmoqda.
2-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Komissiya Raisi Zayniddin Nizamxodjayev boshqargan yig‘ilishda Markaziy saylov komissiyasining O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bilan bog‘liq bir qator normativ-huquqiy hujjatlariga o‘zgartish hamda qo‘shimchalar kiritishga doir masalalar muhokama qilindi.
Xabar berilganidek, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot dasturi, Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik tashkiloti hamda Shveysariya taraqqiyot va hamkorlik agentligi ko‘magida O‘zbekiston Fanlar akademiyasining Davlat va huquq instituti, O‘zbekiston Respublikasi Inson huquqlari bo‘yicha milliy markazi va Barqaror rivojlanish markazi hamda Sirdaryo viloyati hokimligi tomonidan Guliston shahrida “Prezident saylovining konstitusiyaviy-huquqiy asoslari: O‘zbekiston va xorij mamlakatlar tajribasi” mavzusida xalqaro anjuman bo‘lib o‘tdi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida  O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan tasdiqlangan Saylov komissiyalari a’zolarining malakasini oshirishni tashkil etish konsepsiyasiga binoan o‘tkazilayotgan seminar-treninglarning navbatdagi bosqichi yakunlandi.
"Zo’r TV” telekanali tomonidan  “Bu kun” axborot dasturining Toshkent shahri va viloyatlardagi muxbirlari uchun joriy yilning oktyabr oyida mamlakatimizda bo‘lib o‘tadigan muhim siyosiy voqea - O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bilan bog‘lik jarayonlarda jurnalistlar  ishtirokiga bag‘ishlan seminar tashkil etildi.
20 iyun kuni Samarqand viloyatining Xalq deputatlari Oqdaryo tuman Kengashining bo‘shab qolgan deputatlik  o‘rinlariga  saylov o‘tkazildi.
Armanistonda 20 iyun kuni o‘tgan parlament saylovining dastlabki natijalari e’lon qilindi.
Joriy yilning 20 iyun kuni Armaniston Respublikasi Milliy Majlis deputatlari saylovi bo‘lib o‘tadi. 
Avval xabar berilganidek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida shu yil 7 iyun kuni boshlangan uchastka saylov komissiyasi raisi, rais o‘rinbosari va kotibligiga nomzodlarning bilim va amaliy ko‘nikmalarini oshirishga yo‘naltirilgan seminar-treninglar izchil davom etmoqda.