• eye Maxsus imkoniyatlar
Yangiliklar
Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Ijroiya qo‘mitasi raisi— Ijrochi kotibi Sergey Lebedev mamlakatimizda 24 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadigan saylovlarni kuzatish maqsadida O‘zbekistonga keldi. U MDH Ijroiya qo‘mitasi kuzatuvchilari missiyasiga rahbarlik qilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi taklifiga binoan, Turkiya Oliy saylov kengashi delegasiyasi mamlakatimizda bo‘lib o‘tadigan Prezident saylovini kuzatish maqsadida yurtimizga tashrif buyurdi.
Bugun Markaziy saylov komissiyasi O‘zbekistondagi BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlikda 2021-yil 12-oktabr kuni boshlangan "Saylov va gender: xotin-qizlarni siyosatda qo‘llab-quvvatlashning xalqaro va milliy amaliyoti" turkumidagi yakuniy, beshinchi onlayn treningni o‘tkazdi.
19-oktabr kuni Markaziy saylov komisiyasi Raisi Z.Nizamxodjayevning Islom hamkorlik tashkiloti kuzatuvchilar missiyasi rahbari Anisul Xak bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
2021-yil 18-oktabr kuni Markaziy saylov komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Majlisni Komissiya Raisi Z.Nizamxodjayev olib bordi.
15-oktabr kuni Markaziy saylov komisiyasi raisi o‘rinbosari Baxrom Kuchkarovning Hindistonning mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi Manish Prabxat bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekistonning Latviyadagi elchixonasida tashkil etilgan 24-son saylov uchastkasida 14 oktyabr kuni O‘zbekiston Prezidenti saylovida muddatidan oldin ovoz berish o‘tkazildi.
15-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi raisi Z.Nizomxodjayev Saylov tizimlari xalqaro jamg‘armaning (IFES, Vashington, Kolumbiya okrugi) Yevropa va YevroOsiyo bo‘yicha dasturlari mutaxassislari bilan uchrashdi.