• eye Maxsus imkoniyatlar
Yangiliklar
Avval xabar qilganidek, Markaziy saylov komissiyasining O‘zbekistondagi Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlikdagi “O‘zbekistonda 2019-2021 yillarda saylov jarayonini qo‘llab-quvvatlash” qo‘shma loyihasi doirasida 12 oktyabr kuni “Saylov va gender: siyosat sohasida xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha xalqaro va milliy amaliyot” turkumidagi seminarlarga start berildi.
Saylov kuni o‘z yashash joyida bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘lmagan saylovchi muddatidan oldin ovoz berish huquqiga ega. Muddatidan oldin ovoz berish saylovga o‘n kun qolganida boshlanadi va saylovga uch kun qolganida tugallanadi. Demak, 2021-yil 14-20-oktabr kunlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida muddatidan oldin ovoz berish o‘tkaziladi.
13-oktabr kuni Mudofaa vazirligi Markaziy apparatida Markaziy saylov komissiyasining doimiy asosda ishlovchi a’zosi Suyarjon Qurbankulov ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
2021 yil 13 oktyabr kuni Markaziy saylov komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Majlisni Komissiya Raisi Z.Nizamxodjayev olib bordi.
MDH saylovlarni kuzatish missiyasi shtabi boshlig‘i Yevgeniy Kozyak Nurafshon shahridagi 10-Toshkent viloyati okrug saylov komissiyasi binosida bo‘lib, hududda amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.
Markaziy saylov komissiyasining O‘zbekistondagi Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlikdagi “O‘zbekistonda 2019-2021 yillarda saylov jarayonini qo‘llab-quvvatlash” qo‘shma loyihasi doirasida “Saylov va gender: siyosat sohasida xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha xalqaro va milliy amaliyot” turkumidagi seminarlarga start berildi.
8-oktabr kuni Mustaqil Davlatlar Hamdoʼstligining Parlamentlararo assambleyasi Kengashi Kotibiyati raisi oʼrinbosari – MDH PА ishtirokchi-davlatlarida demokratiyaning rivojlanishi, parlamentarizm va fuqarolarning saylov huquqlariga rioya etilishini monitoring qilish xalqaro instituti (DPRXI) direktori Ivan Mushket boshchiligidagi delegatsiya vakillari 14-Toshkent shahar okrug saylov komissiyasi va 24- saylov uchastkasiga tashrif buyurishdi.
Аvval xabar berganimizdek, Oʼzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi taklifiga binoan, Mustaqil Davlatlar Hamdoʼstligi ishtirokchi davlatlari Parlamentlararo Аssambleyasining uzoq muddatli kuzatuvchilari mamlakatimizga tashrif buyurdi.
2021-yil 7-oktabr kuni Markaziy saylov komissiyasining navbatdagi yigʼilishi boʼlib oʼtdi. Majlisni Komissiya Raisi Z.Nizamxodjaev olib bordi.