• eye Maxsus imkoniyatlar
Yangiliklar
Joriy yil 6 oktyabr kuni Markaziy saylov komissiyasi hamda “kun.uz”, “effekt.uz”,  “taftish.uz” internet nashrlari hamda “Darakchi” gazetasi o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovlarida OAVlari bilan hamkorlikni kuchaytirish hamda tayyorgarlik ishlarining olib borilishi va o‘tkazilishini yoritish bo‘yicha ikki tomonlama memorandumlar imzolandi.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi taklifiga binoan, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi ishtirokchi davlatlari Parlamentlararo Assambleyasining uzoq muddatli kuzatuvchilari mamlakatimizga tashrif buyurdi.
O‘zbekistonning Erondagi elchixonasi tomonidan mazkur mamlakatda vaqtincha istiqomat qilayotgan vatandoshlar ishtirokida O‘zbekiston Prezidenti saylovini o‘tkazishga tayyorgarlik jarayoniga bag‘ishlangan davra suhbati tashkil etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Mamlakatimiz elchixonasida Pekin shahridagi xalqaro maktablarda ta’lim berayotgan vatandoshlar ishtirokida O‘zbekiston Prezidenti sayloviga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.
O‘zbekiston elchixonasida Ozarbayjon oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan vatandosh talabalar bilan uchrashuv o‘tkazildi, deb xabar bemorqda «Dunyo» AA muxbiri.
Mamlakatimiz elchixonasida Malayziyaning Sayberjaya shahrida tahsil olayotgan vatandoshlar bilan O‘zbekiston Prezidenti sayloviga ko‘rilayotgan tayyorgarlik jarayoniga bag‘ishlangan uchrashuv o‘tkazildi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.
Joriy yil 24-oktabr kuni mamlakatimizda bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ishlari doirasida O‘zbekistonning Janubiy Koreyadagi elchixonasi tomonidan 18-Kvanju saylov uchastkasida davra suhbati tashkil etildi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.
Mamlakatimiz Bosh konsulxonasi tomonidan Yekaterinburg shahridagi «ASM Mebel» shirkatida mehnat faoliyatini olib borayotgan vatandoshlarimiz ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.
O‘zbekiston Prezidenti saylovini Uzoq Sharq Federal okrugining Primorsk o‘lkasi (Rossiya) hududlarida o‘tkazishga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida mamlakatimizning Vladivostok shahridagi Bosh konsulxonasi xodimlari ushbu shaharda joylashgan Uzoq Sharq federal universitetida tahsil olayotgan o‘zbekistonlik talabalar va universitet rahbariyati bilan uchrashuvlar o‘tkazdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.