Yangiliklar
16.11.2020
Avval xabar berganimizdek joriy yilning 1 noyabr kuni Moldovada prezidentlik saylovlari bo‘lib o‘tdi. Mamlakat prezidenti lavozimi uchun sakkiz nafar nomzod “Bizning partiyamiz”siyosiy partiyasidan Renato Usaty, “DA Platformasi” partiyasidan Andrey Nestase, Liberal-demokratik partiyasidan Tudor Deliu, Mustaqil nomzod (amaldagi prezident) Igor Dodon, “Shor” partiyasidan Violetta Ivanova, “Harakat va birdamlik” partiyasi (PAS)dan Mayya Sandu, “Milliy birlik” partiyasidan Oktavian Sku va “UNIREA” saylov blokidan Dorin Kirtoakelar kurash olib bordilar.
14.11.2020
Davlat idoralarida faoliyat ko‘rsatayotgan shaxslarni ishdan tashqari vaqtda xavaskor futbol o‘yinlariga jalb etish albatta har bir xodimni quvontiradi. Markaziy saylov komissiyasi tomonidan xafta davomida o‘tkazilayotgan bunday uchrashuvlar o‘z navbatida xodimlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, turli kasb kasalliklaridan muxofaza qilish va sportning jismoniy tarbiya hamda ommaviy turlariga qiziqishini kuchaytirishga zamin yaratadi.
14.11.2020
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2020 yil 26 avgustdagi 1033-sonli qarori talablaridan kelib chiqib, xalq deputatlari Qashqadaryo viloyati Kengashining 2020 yil 27 oktyabrdagi 70-15/16-sonli qaroriga asosan 2020 yil 29 noyabr kuni 20-Dasht saylov okrugida hamda xalq deputatlari Qarshi shahri, Dehqonobod, Qamashi va Mirishkor tumanlari Kengashlarining qarorlariga asosan 2020 yil 15 noyabr kuni 28-Dilkusho, 28-Oqqishloq, 9-Gulshan va 14-Ayzobod okruglarida bo‘shab qolgan deputatlik o‘rinlarga saylovlarni o‘tkazish belgilandi.
12.11.2020
Joriy yilning 12 noyabr kuni Markaziy saylov komissiyasi BMTning Taraqqiyot dasturi bilan hamkorlikda O‘zbekistonda 2019 yil bo‘lib o‘tgan parlament saylovlari natijalarini onlayn muhokama qilish hamda milliy saylov qonunchiligi va amaliyotini takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlarni belgilashga qaratilgan tadbir o‘tkazildi.
06.11.2020
Siyosiy partiyalarning faoliyati O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi, “Siyosiy partiyalar to‘g‘risida”gi, “Siyosiy partiyalarni moliyalashtirish to‘g‘risida”gi qonunlar, shuningdek bir qator qonunosti hujjatlari bilan tartibga solinadi.
05.11.2020
Saylov byulletenining shakli, o‘lchamlari va matnida aks ettiriladigan ma’lumotlarning hajmi va tartibi O‘zR MSK qarori bilan belgilandi. Byudjet mablag‘larini tejash maqsadida saylov byulletenlarini chop etishda ilk bor suv belgisi mavjud qog‘ozlardan foydalanishdan voz kechildi.
05.11.2020
2019 yilgi saylovlarda OAVda, Internet sahifalarida va ijtimoiy tarmoqlarda siyosiy partiyalar va ularning nomzodlariga oid jami 141 952 ta tashviqot materiallari e’lon qilindi.
05.11.2020
2019 yilnin dekabr oyida bo‘lib o‘tgan parlament saylovlarida saylovchilar ro‘yxatiga jami 630 mingdan ziyod nogironligi bo‘lgan shaxs, shu jumladan, 61 mingga yaqini ko‘zi ojiz fuqaro kiritildi. Shu nuqtai nazardan, nogironligi bo‘lgan shaxslarning saylovda qatnashish huquqini ro‘yobga chiqaradigan inklyuziv saylovlarni o‘tkazish masalasi dolzarb vazifaga aylandi.
05.11.2020
Siyosiy partiyalar tomonidan deputatlikka nomzodlar ko‘rsatishda ayollarning soni nomzodlar umumiy sonining kamida 30 foizini tashkil etishi kerak.
03.11.2020
Avval xabar berganimizdek, Markaziy saylov komissiyasi tomonidan “Saylov – 2019: yutuqlar, muammolar, takliflar” nomli risola ishlab chiqildi. Mazkur risola joriy yilning 28 oktyabr kuni Markaziy saylov komissiyasining onlayn tarzida bo‘lib o‘tgan majlisida ko‘rib chiqildi hamda nashrga berildi.